Fabregas jamoasi sobiq Barselona yulduzi bilan shartnoma imzolamoqchi

Khoja
9 iyun 2024
Komo jamoasi yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish niyatida.

 Fabregas jamoasiga Barselonada birga o'ynagan Aleksis Sanchesni olib kelmoqchi. 37 yoshli futbolchining Inter bilan tuzgan shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi va shundan so'ng chililik hujumkor futbolchi erkin agentga aylanadi.

Ma'lumot uchun, Sanches o'tgan mavsum Inter safida 33 ta uchrashuvda maydonda tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.

Sanches Barselonadan tashqari Arsenal, Udineze, Manchester Yunayted, Marsel kabi jamoalarda harakat qilgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com