Fabio Poletto: “Butun dunyoda futzal rivojlanib bormoqda”

Narzulla Saydullayev
20 sen 2016, 13:21
Kolumbiyada bo'lib o'tayotgan Jahon chempionati guruh bahslari o'z nihoyasiga etdi.

Ozarbayjon terma jamoasi “G'” guruhida ikkinchi o'rinni egallab keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi. “Pley-off” bosqichida Ozarbayjon terma jamoasi Tailandga qarshi bahs olib boradi. ushbu uchrashuvdan oldin biz ijtimoiy tarmoq orqali Ozarbayjon terma jamoasi a'zosi Fabio Poletto bilan bog'lanib undan intervyu oldik.

“Guruh bosqichi biz uchun juda ham qiyin kechdi. Raqiblar ham ancha kuchli edi. Lekin, biz o'z o'yinimizni namoyish etdik va chiroyli futzal ko'rsatdik. Endi, bor e'tiborimizni keyingi bosqichdagi o'yinga qaratamiz. Guruhdagi so'nggi uchrashuvda biz faqat g'alabani o'ylab maydonga tushdik, chunki raqibimiz Eron terma jamoasi edi. Hisobda durang natija qayd etgan bo'lsakda, o'yin davomida ustunlik biz tarafda bo'ldi. Ushbu natija bizni guruhda ikkinchi o'rinni egallashimizni taminladi. “Pley-off”dagi raqibimiz juda ham kuchli terma jamoalardan biri. Ular guruh bosqichida ham yaxshi natijani qayd etdi. Bizni oldinda jiddiy bahs kutmoqda deb o'ylayman. Lekin bizning terma jamoa bor e'tiborini ijobiy natija qayd etishga qaratgan. Juda ham ajoyib turnir bo'lib o'tmoqda. Mundialdagi barcha terma jamoalar yaxshi o'yin ko'rsatyapti. Butun dunyoda futzal rivojlanib borayotganini ko'rsatmoqda”, - deydi Ozarbayjon terma jamoasi a'zosi Fabio Poletto.


Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia