Fabio Kapello: “Xozir dunyoning eng kuchli futbolchisi Messi”

Omonjon To`xtamirzayev
18 okt 2013, 16:08
Rossiya termasi bosh murabbiyi Fabio Kapello dunyoning eng kuchli futbolchisi xaqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Texnik jixatdan eng iqtidorli futbolchi kim? Ronaldo. Braziliyalik, aslo Krishtianu emas. Marko van Bastenning texnikasi ham juda yuqori darajada edi, lekin Ronaldo yuqori sport formasida bo'lganida, aynan u eng kuchlisi edi.

Dunyoning eng kuchli futbolchisi xaqida gapirar ekanmiz, futbol tarixini uch davrga bo'lishimiz kerak. 1970-1975 yillar oralig'ida eng zo'ri Pele edi, keyin bu nom Diego Maradonaga o'tdi. Xozirgi kunda eng kuchlisi – Lionel Messi”, - deydi Kapello.

Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru