Fabio Kapello: "Messi - futboldagi Pavarotti"

Narzulla Saydullayev
4 apr 2017
Mashhur italiyalik murabbiy Fabio Kapello YCHL chorak finali doirasidagi "Yuventus" va "Barselona" o'rtasidagi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

- "Yuventus" "Barselona"ga qarshi o'yinlarda juda og'ir bo'ladi. Turinliklar bir soniyaga ham bo'shashmasliklari kerak. Messi kuchsizlanmoqda? Hazil qilayapsiz shekilli. Lionel - futboldagi Pavarotti, u hech qachon bizni xayron qoldirishdan to'xtamaydi, - deydi Kapello Football Italia nashriga.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net