Fabio Kapello: "Italiya terma jamoasini boshqarishni rad etganman"

Tolibjon Qosimov
11 noya 2016, 13:33
Fabio Kapello Evro-2016dan so'ng Italiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lishni rad etganini tan oldi.
"Italiya terma jamoasi bilan qandaydir muzokaralar bo'lgandi, lekin men rad etganman. Chunki, menda Italiya bilan ishlashga xohish yo'q.

Venturaga eng yaxshisini tilayman va unda yangi nimadir o'xshayotganidan mamnunman. Hozir jamoada yoshlar ko'p.

Balotellining chaqirilmagani? Baxtimga bu masalani men hal etmayman. Barcha qarorni Ventura qabul qiladi", - deb o'tdi Kapello.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia