Fabio Kannavaro "Bunyodkor" jamoasi mashg'ulotiga bordi

Iskandarov Abdulaziz
7 mar 2026
O'zbekiston milliy terma jamoasi ustozini odatda Superliga uchrashuvlarida kuzatyapmiz.

Lekin kecha "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida Fabio Kannavaro jamoa mashg'ulotiga tashrif buyurganini aytib o'tdi.

"Ikki-uch kun oldin ular murabbiylar shtabi bilan tashrif buyurib, mashg'ulotlarimizni tomosha qilishgani yoqimli bo'ldi. Chempionat, qiyinchiliklar, madaniyat bo'yicha gaplashdik. Murabbiy sifatida uni tanimasdim va birinchi marta suhbatlashdim. Ularning shtabi bilan suhbat bo'ldi. Keyinchalik asosan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar o'zaro suhbatlar olib borishdi",- deydi Ilyos Zeytullaev. 

Ma'lumot uchun, terma jamoa murabbiyi kecha "Bunyodkor" - "Dinamo" bahsini ham stadionda tomosha qildi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia