Fabinoning “Al Ittihod”ga transferi kuchuklar sababli bekor bo'lishi mumkin

Alisher
24 iyul 2023, 08:35
“Liverpul” yarim himoyachisi Fabinoning “Al Ittihod”ga o'tishi bekor bo'lishi mumkin deb xabar beradi Marca.

Manbaga ko'ra, transferning buzilishiga itlar sabab bo'lishi mumkin. Sababi Saudiya qonunlarida mamlakatga francuz zotiga mansub buldoglarni olib kirish taqiqlanadi. Yarim himoyachida esa bunday itlardan ikkitasi bor. Mamlakat ularni xavfli va tajovuzkor deb hisoblaydi. 

"Al-Ittihod" Fabinoning ikki uy hayvonlari bilan kelishiga rozi bo'lishni so'rab hukumatga murojaat qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com