Fabino: "Chelsi" xato qildi"

Tolibjon Qosimov
12 sen 2018
"Liverpul" futbolchisi Fabino "Chelsi" Temua Bakayokoni "Milan"ga ijaraga berib xato qildi deb hisoblamoqda.

Uning so'zlariga ko'ra, Bakayoko hali o'z darajasini ko'rsatadi.

"O'tgan mavsum "Chelsi"ning bir nechta o'yinlarini kuzatdim, u yaxshi harakat qilgandi. Albatta, klubda birinchi mavsum hamisha qiyin o'tadi. Lekin, uning kyetishini kutmagan edim. Endi "Milan"da ajoyib o'yinchi bor. Aminman, u "Monako"da ko'rsatgan o'yinini namoyish etadi. "Chelsi" katta xatoga yo'l qo'ydi. Balki u Angliyaga qaytar va hammaga nimaga qodirligini ko'rsatar", - dedi Fabino.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Yahoo Sports