FA Mourinyo ishi yuzasidan o'z qarorini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
26 sen 2017, 03:20
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Sautgempton” klubiga qarshi kechgan uchrashuvdagi xatti-harakati uchun jazolanmaydigan bo'ldi.

Portugaliyalik na jarima to'laydi va na diskvalifikaciya qilinadi. Mourinyo qo'shib berilgan daqiqada norozilik bildirib, maydonga tushib ketgandi.

Angliya futbol assotsiatsiyasi o'sha holatni qayta o'rganib chiqib, qo'shimcha jazo shart emas deb topdi. Mourinyo 30 sentyabr kuni “Kristal Pelas”ga qarshi kechadigan o'yinda shogirdlarini maydonga boshlab tushishi mumkin. 



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif