FA Kiran Gibbsga ko'rsatilgan qizil kartochkani bekor qildi
25 mar 2014, 00:34
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) "Arsenal"ning "Chelsi"ga qarshi o'yinda Kiran Gibbsga ko'rsatilgan noo'rin qizil kartochka borasidagi arizasini qabul qildi va chora ko'rdi.
Bu haqida FA rasmiy sayti xabar bermoqda. Aslida Oksleyd-Chemberlanga ko'rsatilishi lozim bo'lgan kartochka hakamning qo'pol xatosi tufayli Gibbsga ko'rsatilgani uchun hakam qarori bekor qilindi.