Yevropaning yana bir top-klubi Ginterni nishonga oldi

Alisher
1 okt 2021, 12:30
Gladbaxning "Borussiya" klubi himoyachisi Mattias Ginter transfer bozorida talabga ega bo'lmoqda.

Uning xizmatlariga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Neradzurrilar" o'yinchi uchun boshqa klublar bilan da'vogarlik qilishga tayyor. Oldinroq, unga "Liverpul", "Tottenxem", "Bavariya" va La Liganing bir nechta top-klublari qiziqayotgani aytilgan edi.

Ginterning klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida yakunlanadi. Tomonlar yangi kelishuv bo'yicha muzokaralarga kirishishga shoshilishmayapti.

27 yoshli himoyachi joriy mavsumda 5ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato