Yevropaning to'rt grandi 150 mln evrolik Virc uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
28 sen 2024, 00:51
"Arsenal" Florian Virc uchun da'vogarlar ro'yxatiga kirdi.

Jurnalist Kristian Falkning xabariga ko'ra, "Bayer" 21 yoshli yarim himoyachi uchun 150 million evro olmoqchi.

Oldinroq, futbolchiga "Bavariya", "Manchester Siti" va "Real" qiziqayotgani xabar qilingandi.

Virc joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild