Yevropaning top-5 ligasida mag'lub bo'lmagan uch klub qoldi

Оқил Абдубарноев
23 okt 2022, 23:41
"Atalanta" "Lacio"ga mag'lubiyatga uchragach (0:2), Yevropaning top-5 ligasida mag'lub bo'lmagan 3 ta klub qoldi.

"Real Madrid" La Ligada 11 ta o'yin o'tkazib, 10 tasida g'alaba qozongan va bir marta durang o'ynagan. Madridliklarni oldinda “Jirona” kutib turibdi (30 oktyabr).

Parijliklar esa Liga 1'da 12 o'yinning 10 tasida g'alaba qozongan va ikki bor durang o'ynagan. Navbatdagi o'yin “Trua”ga qarshi (29 oktyabr) o'tkaziladi.

"Napoli" esa A Seriyaning 10 turida 8 marta g'alaba qozongan va 2 marta raqiblari bilan ochkolarni bo'lishib olgan. Shu bilan birga, bugun neapolliklar "Roma"ga qarshi maydonga tushishadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sports.ru