Yevropaning ikki klubi Koutinoni sotib olishga harakat qilmoqda

Оқил Абдубарноев
31 avg 2023
Braziliyalik hujumkor yarim himoyachi Filippe Koutino yaqin kunlarda “Aston Villa”ni tark etishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoq insayderi Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Betis" va "Beshiktosh" payshanba kuni Koutino transferi bo'yicha Birmingem klubi bilan bog'lanishgan.

“Aston Villa” Koutino bilan xayrlashishga tayyor. Endilikda 31 yoshli braziliyalikning o'zi javobini aytishi kerak.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Filippe Koutinoni 10 million evroga baholamoqda. Futbolchi “Aston Villa” safida 43 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va sheriklariga 3 ta samarali uzatma amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano