Yevropaning eng kuchli yarim himoyachisi kim? Mourinyu javob berdi

Aslanov Jasurbek
6 may 2019, 15:48
"Manchester Yunayted" sobiq ustozi Joze Mourinyuning fikricha, "Chelsi" futbolchisi Jorjino ayni damda Yevropaning eng yaxshi yarim himoyachisi.

"Men uchun Jorjino Yevropaning eng yaxshi yarim himoyachisi. U o'yinni juda yaxshi nazorat qiladi, to'plarni olib qo'yadi va raqibning bosimiga bardosh beradi" - deydi Mourinyu.

Jorjino 2018 yilning yozida "Napoli"dan "Chelsi"ga o'tdi. Futbolchi joriy mavsum APLning 36ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beIN Sport