Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o'yinchisi nomiga da'vogarlar ma'lum bo'ldi

22 avg 2020, 08:23
UEFA nomzodlarni e'lon qildi.

Final uchrashuvi (“Sevilya”-“Inter” 3:2) yakunlariga ko'ra haftaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishga nomzod 4 nafar futbolchining barchasi “Sevilya”dan ko'rsatilgan. Ular: Lyuk De Yong (finalda dubl qayd etdi), Ever Banega (golli uzatma), Xesus Navas (golli uzatma) va Jul Kunde (92 foiz aniq uzatma).

Ovoz berish UEFA rasmiy saytida amalga oshirilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA