Yevropa ligasi. “S” guruhi. “Xoffenxaym” o'z uyida mag'lub bo'ldi

15 sen 2017, 01:05
Yevropa ligasining 1-turida Germaniyaning “Xoffenaym” klubi kutilmaganda o'z maydonida “Braga”ga imkoniyatni boy berdi.

Garchi uchrashuvda mezbonlar hujumchisi Sandro Vagner hisobni ochgan bo'lsada, keyinchalik portugaliyaliklar ikki bor gol kiritishib, ilk turda o'z hisoblariga uch ochkoni yozib qo'yishdi.

Guruhning ikkinchi bahsi – “Istanbul” – “Ludogorec” o'yini golsiz durang bilan intiho topdi.

Evropa ligasi. C guruhi. 1- tur

XoffenxaymBraga1:2

Gollar:  1:0 – Vagner – 24, 1:1 – Karlush – 45+1, 1:2 – Souza – 50.

Xoffenxaym-1899 – Baumann, Shulc, Bichakchich (Xyubner, 46), Kaderjabek, Fogt, Demirbay, Nordtveyt (Oks, 69), Rupp, Grillich (Polyanski, 56), Vagner, Kramarich.

Braga –Mateus, Raul Silva, Rosich, Sekeyra, Eshgayyu, Joau Karlush (Orta, 78), Danilo, Vukchevich, Marselo Goyyano, Diego Souza (Franserjio, 61), Diash (Axmed Xassan, 83).

Ogohlantirish: Nordtveyt (42), Raul Silva (87), Demirbay (89).


Istanbul -Ludogorec 0:0


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia