
"Malmyo"ning Yevropa ligasi doirasidagi "Union Berlin"ga qarshi o'yini muxlislarning maydonga pirotexnika vositalari otgani sabab 20 daqiqaga to'xtatildi.
Uchrashuv davom etayotgan bir paytda maydonga pirotexnika vositalari otilgan, shundan so'ng o'yin to'xtatildi. Tartibsizliklarga policiya aralashishga majbur bo'ldi. Keyinchalik uchrashuv davom ettirild va yakunda "Union Berlin" safarda 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yindan so'ng "Malmyo" klubi o'z bayonotida bunday voqeadan afsusda ekanligini yozgan.