Yevropa ligasi finalining eng yaxshi futbolchisi - Ander Errera

Tolibjon Qosimov
25 may 2017, 10:54
UEFA Yevropa ligasi finalining eng yaxshi futbolchisi deb "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errerani tan oldi.

"Biz juda ham xursandmiz, bu xalqaro sovrin. Bu mavsumning asosiy o'yini edi. Endi biz uchta sovrinni qo'lga kiritgan ajoyib mavsum haqida gapirish mumkin. Biz buyuk klublar kabi o'ynadik. Bizga qarshi jiddiy raqib harakat qildi, lekin biz aqlli o'yin ko'rsatdik", - dedi Errera.

Eslatib o'tamiz, Ander Errera 5 yil oldin "Atletik" tarkibida mana shu musobaqa finalida mag'lub bo'lgan edi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com