Yevropa ligasi. Bugun yarim finalga qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
15 apr 2016, 08:30
Bugun, 15 aprel kuni UEFAning Nondagi shtab kvartirasida Yevropa ligasi yarim finaliga qur'a tashlanadi.

Qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 15:30da boshlanadi. Yarim finalga quyidagi to'rt jamoa chiqdi: Shaxtyor (Ukraina), Liverpul (Angliya), Vilyarreal (Ispaniya) va Sevilya (Ispaniya). Yarim final bahslari 28 aprel va 5 may kunlari bo'lib o'tadi.

Yarim finalda istalgan jamoa istalgan raqibga to'qnash kelishi mumkin. Bir mamlakat klublari ham o'zaro o'yin o'tkazishlari mumkin.

Bugun 18 may kuni Bazel shahridagi Sankt-Yakob Park stadionida bo'lib o'tadigan final uchrashuvida qaysi juftlik g'olibi nominal mezbon bo'lishi ham aniqlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com