

2010 yildan boshlab musobaqaning nomi Yevropa ligasi deb atalib kelmoqda. Hozirga qadar Yevropa ligasida 7ta final bo'lib o'tgan. Ispaniyalik Xose Antonio Reyes besh marta musobaqada g'olib chiqqan dunyodagi yagona futbolchi bo'lib turibdi. Reyes 2010 va 2012 yillarda Ispaniyaning "Atletiko" klubi safida, 2014, 2015 va 2016 yillarda esa "Sevilya" klubi tarkibida Yevropa ligasida g'olib bo'lgan.






