Yevropa ligasi, 2-tur. "N" guruhi: "Krasnodar" durang o'ynadi

2 okt 2014, 22:50
Yevropa ligasining 2-tur bellashuvida "Krasnodar" "Everton" bilan uchrashdi.

Uchrashuvni hamyurtimiz Odil Ahmedov asosiy tarkibda boshladi. Bellashuvning 43-daqiqasida Odil Ahmedov jamoadoshi Arini qulay vaziyatga chiqarib yubordi va "Krasnodar" hujumchisi o'yindagi hisobni ochishga erishdi.  Lekin bahs yakuniga qadar "Everton" hujumchisi Samuel Eto`O o'zining aniq zarbasi bilan muvozanatni tikladi.


Yevropa ligasi, 2-tur.

"N" guruhi.

Krasnodar Rossiya – Everton Angliya 1:1

Kuban stadioni.

Gollar
: 1:0 – 43 Ari, 1:1 – 82 Eto`O.

Krasnodar
– Dikan, Grankvist, Sigurdsson, Endjeychik, V.Kaleshin, Ahmedov, Gazinskiy, Pereyra, Izmaylov (Vanderson, 64), Laborde (Mamaev, 71), Ari.

Everton – Xovard, Xibbert, Stounz, Jagelka, Beyns, Makgidi, Berri, D. Gibson, Atsu (Lukaku, 46), Osman, Eto`O.

Ogohlantirish: Lukaku (90).


Manba: championat.asia