Yevropa Chempionlar Ligasi. Guruh bosqichi rekordlari!

Aziz Tukhtamuradov
17 dek 2014, 19:00
Leonel Messining rekord qayd etishi oddiy holga aylanib qoldi. Lekin, YCHLning guruh o'yinlarida Luis Adriano, Xavi Ernandes va Franchesko Totti kabi futbolchilar tomonidan ham o'ziga hos rekord qayd etildi.

- Messi 6 ta o'yinda 8 ta gol kiritdi va Chempionlar Ligasidagi gollari sonini 75 taga etkazdi. Bu uning YCHL rekordchisi hisoblangan Rauldan (71 gol) o'tib ketishi uchun etarli bo'ldi;



- "Shaxtyor" hujumchisi Luis Adriano guruh o'yinlarida 9 ta gol kiritib Ronalduning rekordini takrorladi;



- "Barselona" futbolchisi Xavi Ernandes YCHLda ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchiga aylanib oldi - 146 ta o'yin;

- "Real" guruh bosqichi o'yinlarida ikki marotaba barcha o'yinda g'alaba qozongan ilk jamoaga aylanib oldi;


- 24 ta gol o'tkazib yuborgan BATE eng ko'p gol o'tkazib yuborish bo'yicha antirekordni takrorladi;

- "Manchester Siti"ga gol kiritgan "Roma" sardori Franchesko Totti turnir tarixida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylanib oldi. SSKAga qarshi o'yinda esa u natijasini yaxshilab oldi. Uning ko'rsatkichi 38 yosh 59 kunlik;

- Uchinchi turda "Roma"ni 7:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan "Bavariya" uch marotaba 7 ta gol kiritib g'alaba qozongan ilk jamoaga aylandi. Bungacha myunxenliklar 2009 yilda "Sporting" (7:1), 2011 yilda "Bazel"ni (7:1) shuncha gol kiritib yutgandilar;

- BATEni 7:0 hisobida yutgan "Shaxtyor" birinchi bo'limda oltita gol kiritgan ilk jamoaga aylandi;



- Uchinchi turning birinchi kunida umumiy hisobda jamoalar 40 ta gol kiritishdi.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia