Yevropa Chempionlar Ligasi. Bugungi o'yinlar anonsi. Faktlar

Aziz Tukhtamuradov
26 avg 2015, 13:08
Bugun Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off o'yinlariga yakun yasaladi va guruh bosqichida ishtirok etuvchi so'nggi beshta jamoa nomi ma'lum bo'ladi.

"Bryugge" - "Manchester Yunayted" (dastlabki o'yin - 1:3)

Depayning dubli va Fellaynining goli "Old Trafford"dagi o'yinda manchesterliklarga g'alaba keltirgandi.

"Bryugge" esa evrokuboklarda o'z maydonida 10 ta o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmaydi. MYU esa Yevropa maydonlarida safardagi so'nggi ikkita o'yinda ikkita gol farqi bilan mag'lubiyatga uchramoqda.




"Bayer" - "Lacio" (0:1)

Birinchi o'yin taqdirini Keyta kiritgan yagona gol hal qilgandi. O'sha o'yin "Lacio" uchun YCHL pley-offlaridagi ilk o'yin bo'lgandi.

Rimliklarga ushbu o'yinda darvozabon Federiko Marketti, shuningdek, kloze, Bilya va Jorjevich kabi futbolchilar yordam bera olmaydilar.



SSKA - "Sporting" (1:2)

SSKA YCHLning o'z maydonidagi oltita o'yinidan beri g'alaba nimaligini bilmayapti. Portugaliyaliklarga esa bugun Jefferson yordam bera olmaydi.




"Partizan" - BATE (0:1)

Gordeychukning o'tgan o'yindagi 75-daqiqada kiritgan goli beloruslarga g'alabani taqdim etgandi. "Partizan" yarim himoyachisi Marko Evtovich o'tgan o'yinda qizil kartochka olgan va bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi.



APOEL - "Astana" (0:1)

APOEL o'z maydonidagi evrokubok o'yinlarida beshta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti.
Baurjan Jolchievning o'tgan o'yinda kiritgan goli ostonaliklarning imkoniyatlarini biroz oshirdi. Bungacha hech qaysi qozoq jamoasi YCHL guruh bosqichida ishtirok etmagan. Bugungi o'yinda qo'shnilarimizga omad tilab qolamiz.


UEFA rasmiy sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia