Yevropa chempionlar ligasi. Bugun qaysi o'yinlar bo'ladi?

Narzulla Saydullayev
19 sen 2018, 15:54
Bugun Yevropa chempionlar ligasida guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan navbatdagi 8ta uchrashuv o'tkaziladi.

Musobaqa favoritlaridan biri "Bavariya" mavsumni Portugaliyada "Benfika"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" o'z muxlislari qarshisida "Lion"ni sinovdan o'tkazadi. Amaldagi chempion Madridning "Real" klubi Italiyaning "Roma" klubini qabul qiladi.

Krishtianu Ronaldu va "Yuventus" Ispaniyada "Valensiya" mehmoni bo'ladi. Joze Mourinyo boshchiligidagi "Manchester Yunayted" Shveytsariya chempioni "Yang Boyz" mehmoni bo'ladi.

Quyida bugungi o'yinlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan berilgan:

19 sentyabr

21:55 - Ayaks (Gollandiya) - AEK (Gretsiya)
21:55 - Shaxter (Ukraina) - Xoffenxaym (Germaniya)
23:55 - Benfika (Portugaliya) - Bavariya (Germaniya)
23:55 - Manchester Siti (Angliya) - Lion (Fransiya)
23:55 - Viktoriya (Chexiya) - SSKA (Moskva, Rossiya)
23:55 - Real (Madrid, Ispaniya) - Roma (Italiya)
23:55 - Valensiya (Ispaniya) - Yuventus (Italiya)
23:55 - Yang Boyz (Shveytsariya) - Manchester Yunayted (Angliya)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia