Yevropa chempionlar ligasi 1/8 final qur'asi 16:00da boshlanadi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2014, 12:23
Bugun Shveytsariyaning Non shahrida YCHL 1/8 finali uchun qur'a tashlash jarayoni bo'lib o'tadi.
Bitta mamlakat klublari, bitta guruhda ishtirok etgan klublar ushbu bosqichga to'qnash kelishmaydi.

Guruhda ikkinchi o'rinni olgan klublar dastlabki o'yinni o'z maydonida o'tkazadi. Ushbu uchrashuvlar 17/18 va 24/25 fevral kunlari bo'lib o'tadi.

Guruh g'oliblari esa javob bahsini o'z maydonida o'tkazishadi. Bu bahslar esa 10/11 va 17/18 mart kunlariga belgilangan.

Guruh g'oliblari: "Atletiko", "Real Madrid", "Monako", "Borussiya D", "Bavariya", "Barselona", "Chelsi", "Portu".

Guruhdagi ikkinchi o'rin sohiblari: "Yuventus", "Bazel", "Bayer", "Arsenal", "Manchester Siti", PSJ, "Shalke", "Shaxter".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru