Yevropa chempionatlari tarixi: Evro-1976 va Panenka zarbasi

Aziz Tukhtamuradov
24 may 2016
"Ko'hna qita" chempionatlari tarixi bilan tanishtirishda davom etamiz.


Yevropa chempionatining hisob bo'yicha beshinchisi - 1976 yili Yugoslaviyada bo'lib o'tgan. Turnirda Chexoslovakiya terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgan. Finaldagi penaltilar seriyasida Antonin Panenkaning zarbasi jamoasiga g'oliblikni keltiradi. O'sha zarbadan so'ng bunday uslubdagi zarbalar Panenka uslubidagi penalti zarbalari deb atala boshlagan. Ushbu chempionat final bosqichi to'rtta o'yindan iborat (yarim final, uchinchi o'rin uchun va final) bo'lgan so'nggi Yevropa chempionati bo'lib qolgan.

16-20 iyunda Belgrad va Zagrebda bo'lib o'tgan turnir qaysidir manoda sensacion turnir bo'lgan. Italiya, Angliya, Fransiya, Vengriya va Polsha kabi terma jamoalar chempionatning final bosqichiga yo'llanma ola bilmagandilar.


Yarim finallar:
Chexoslovakiya - Gollandiya 3:1
Yugoslaviya - GFR 2:4


Uchinchi o'rin uchun:

Gollandiya - Yugoslaviya 3:2


Final:
Chexoslovakiya - GFR 2:2 (5:3)



To'purar: Diter Myuller (4 ta gol)

Eng yaxshi o'yinchi: Diter Myuller



 Antonin Panenka o'zining mashhur zarbasini amalga oshirmoqda


Avvalgi chempionatlar:

Yevropa chempionatlari tarixi: Evro-1960

Yevropa chempionatlari tarixi: Evro-1964

Yevropa chempionatlari tarixi: Evro-1968

Yevropa chempionatlari tarixi: Evro-1972


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia