Bahor oyining ilk kuni - 1 martdan Sport telekanaliga Evrofutbol havosi qaytadi, deya xabar bermoqda Erudit Sport gazetasi.
Aynan ushbu kundan boshlab, MTRKning Sport telekanali Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari safidan o'rin olgan chempionatlar - Angliya Premer-ligasi, Ispaniya primerosi va Italiya A Seriyasi uchrashuvlarini yana o'zbekistonlik muxlislar hukmiga havola etishni boshlaydi. Bungacha, ushbu telekanalimizda faqat Germaniya Bundesligasi va Fransiya birinchi divizioni o'yinlari namoyish etilayotgandi.
Xususan, Sport TVning 24 fevral - 2 mart kungi ko'rsatuvlar ro'yxatidan Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak final bahslari, Osiyo Chempionlar Ligasidagi Toshkentning Bunyodkor klubi ishtirokidagi o'yindan tashqari, bahorning ilk kuniga to'g'ri keladigan dam olish kunlarida Angliya Premer-ligasi, Ispaniya La-ligasi, Italiya chempionati va Germaniya Bundesligasi tur o'yinlaridan o'rin olgan markaziy uchrashuvlar joy olgan. Jumladan, kelasi haftaning 1 mart (shanba) kuni telekanalning yangi Futbol kuni rukni ostida APL doirasidagi Chelsi - Fulxem, Bundesliganing Bavariya - Shalke, A seriyaning Roma - Inter bahslari, 2 martda esa primeroning Real - Atletiko, A seriyadagi markaziy to'qnashuv - Milan - Yuventus uchrashuvlari to'g'ridan-to'g'ri olib beriladi.
Ushbu xabar barcha o'zbekistonlik futbol muxlislarini xushnud etishi aniq. Zero, endi millionlar o'yini ishqibozlari Yevropa milliy chempionatlaridagi markaziy o'yinlarini aynan Sport telekanali orqali tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Eslatib o'tamiz, Sport TV Yevropa chempionatlari o'yinlarni 2013 yilning aprel oyidan to'xtatgan edi. 10 oylik tanaffusdan keyin sevimli klublarimiz uchrashuvlari yana o'z telekanalimizga qaytdi.