Evro-2020. Xorvatiyaga qarshi bahs oldidan Angliya termasi kiperi jarohat oldi

Eldor Akmurzayev
12 iyun 2021, 21:38
Angliya TJ darvozaboni Din Xenderson jamoaviy mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi, deya xabar beradi BBC.

Manbaga ko'ra, 24 yoshli Xenderson o'zida muammolar his qilgan va shu tufayli murabbiylar shtabi darvozabonni asrashga qaror qilishdi.

Eslatib o'tamiz, ertaga 13 iyun kuni Garet Sautgeyt shogirdlarini Xorvatiyaga qarshi muhim bahs kutib turibdi. O'yin 18:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport