Evro-2020. Gruziyalik futbolchi raqib himoyachisining hayotini saqlab qoldi

Aslanov Jasurbek
25 mar 2019, 00:33
Gruziya terma jamoasi yarimhimoyachisi Jano Ananidze Shvecariyaga qarshi kechgan bahsda qahramonlik ko'rsatdi.

The Sun’ning xabar berishicha, uchrashuvning 25-daqiqasida shvecariyalik himoyachi Fabian Sher raqib futbolchisi bilan bilan to'qnashib kyetib, maydonga noqulay yiqilishi oqibatida xushidan ketadi. Mazkur holatda o'zini yo'qotib qo'ymagan Ananidze Shvecariya a'zosiga birinchi yordamni ko'rsatib, uning hayotini saqlab qoladi.

Gruziya – Shvecariya o'rtasidagi uchrashuvda esa mehmonlar g'alaba (0:2) qozongandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun