Evra: "Van dek Bek "Manchester Yunayted"ga kerak emas"

Alisher
25 okt 2020
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Patris Evra jamoa yarim himoyachisi Donni van dek Bek haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men bu yigitga qarshimasman, ammo nega biz uni nega xarid qildik? U doim o'yinlarni tribunadan kuzatib bormoqda. U "Manchester Yunayted"ga kerak emas, bu haqiqat", - deydi Evra.

Eslatib o'tamiz, van de Bek "Manchester Yunayted"ga "Ayaks"dan sentyabr oyining boshida 40 million evro+bonuslar evaziga o'tgandi.

Niderlandiyalik futbolchining Angliya klubi bilan tuzgan shartnomasi bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 5 yilga mo'ljallangan.

"Manchester Yunayted" 5 o'yindan so'ng 7 ochko jamg'argan holda APL turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports