Evra: "Unga sardorlik bog'ichini qaytaring"

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2025
Patris Evra "Manchester Yunayted"dagilarga murojaat qilib, sardorlik bog'ichini Xarri Maguayrga qaytarishni so'radi.

MYU sobiq himoyachisi ijtimoiy tarmoqlarga joylangan post ostiga izoh yozdi. O'sha postda Ruben Amorim Maguayrning yetakchilik qobiliyatlarini maqtayotgan edi.

"Unga sardorlik bog'ichini qaytaring! Maguayr shuncha voqeadan keyin ham yetakchi va chidamli ekanligini ko'rsatdi" - deb yozdi Evra.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Metro