Evra: “Fransiya terma jamoasida 23 nafar yetakchi bor”

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2014, 19:33
Fransiya terma jamoasi himoyachisi sardorlikka bo'lgan munosabati va francuzlar tarkibidagi barcha 23 futbolchi yetakchiligi haqida gapirib berdi.
“Jamoa sardori bo'lish men uchun sharaf, ammo bu menga xos emas. Men hozir 2010 yilda nima qilgan bo'lsam huddi shu ishni bajaryapman. Jamoadoshlarimga qo'limdan kelganicha yordam berishga harakat qilyapman. Oldinlari sardor rolida ko'pgini xatoliklarga yo'l qo'yganman. Bugunga kelib katta tajribaga erishdim va bir qadam orqaga tashlay olaman.

Yetakchilar haqida gapirishni yoqtirmayman. Har o'yindan oldin jamoadoshlarimga shunday deyman: “Bizda 23 ta yetakchi bor”. Mening vazifam, barcha yigitlar ajoyib o'tkazishiga harakat qilishim kerak, faqatgina o'zim emas” – deydi Evra.

Fransiyaning yaqin kunlardagi raqibi Shveytsariya va Ekvador bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com