"Everton" yangi stadioni 300 mln. funtga tushishi mumkin

Aslanov Jasurbek
21 okt 2016, 14:21
"Everton" yangi stadion qurish uchun yangi variatlarni qidirishda davom etmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan haftada "Everton" delegaciyasi va Liverpul shahri rahbariyati yangi stadion qurilishi uchun Bramli-Mur-Dok va Stounbrij-Krossga tashrif buyurishgan.

Bramli-Mur-Dok shahar makazidan shimolroqda joylashgan bo'lib, mersisayd klubi muxlislari o'rtasida mashhur joy hisoblanadi. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, "Everton" yangi stadion uchun 300 mln. funt atrofida mablag' safrlashiga to'g'ri keladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo