"Everton" va "Vest Xem" de Tomas uchun kurashni boshlashdi

Alisher
18 iyul 2022, 18:47
"Espanol" hujumchisi Raul de Tomas kelasi mavsumni katta ehtimol bilan Angliyada boshlaydi.

Forvard "Nyukasl" va "Arsenal"ning transfer maqsadi hisoblanadi. So'nggi xabarlarga ko'ra, de Tomas uchun kurashga "Everton" va "Vest Xem" ham qo'shildi.

"Everton" Risharlison "Tottenxem"ga ketganidan so'ng, unga o'rinbosar izlamoqda. "Vest Xem" esa Maykl Antonioga raqobatchi topmoqchi.

De Tomas o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fichajes