"Everton" "Uotford" futbolchisi uchun 56 mln evro bermoqchi
Narzulla Saydullayev
21 iyul 2018, 09:40
"Everton" "Uotford" hujumchisi Risharlison uchun 56 mln evrodan voz kechishga tayyor, deb xabar bermoqda Sky Sports.
Manbaning xabariga ko'ra transfer amalga oshishi deyarli aniq. O'tgan mavsumda 21 yoshli braziliyalik futbolchi APLda 38ta o'yinda 5ta gol urdi. "Uotford"ga o'tgan yozda "Fluminese"dan 14,5 mln evro evaziga ko'chib o'tgan edi.