"Everton" uchun katta yo'qotish: Jek Grilish 3 oyga safdan chiqdi

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2026, 18:57
"Everton" yetakchisi Jek Grilish jiddiy jarohat tufayli uzoq muddatga maydonni tark etdi.

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, bugungi tibbiy ko'rikuvlar natijasida futbolchida oyoq kaft suyagining sinishi aniqlangan. Tiklanish jarayoni taxminan 3 oy vaqt olishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Grilish "Manchester Siti"dan 50 million funtga sotib olish huquqi bilan ijaraga olingan edi. Joriy mavsumda Jek APLda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta assist amalga oshirdi. U ayni damda gol+pas tizimida irislarning eng yaxshi futbolchisi bo'lib turgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano