"Everton" Stounsni "Manchester Siti"dan ortga qaytarmoqchi

Alisher
30 may 2020
Himoyachi Jon Stouns sobiq klubi e'tiborini tortdi.

"Ko'klar" 2013-2016 yillar davomida jamoa sharafini himoya qilgan 26 yoshli o'yinchini ortga qaytarishga umuman qarshi emaslar.

U "shaharliklar"ga 55,6 million evro evaziga sotilgan edi. Stounsga shuningdek "Nyukasl" klubidan qiziqish mavjud.

Angliyalik futbolchi joriy mavsum "Manchester Siti" libosida 20ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Star