Everton Runini jarimaga tortadi

Narzulla Saydullayev
19 sen 2017, 09:10
Everton mast holda avtomobil boshqargani uchun Ueyn Runini 300 ming funt jarimaga tortadi. Bu haqda futbolchining agenti Maykl Reynford ma'lum qildi.

Katta ehtimol bilan, klub uni ikki haftalik maoshiga teng miqdorda jazolaydi, – deydi Reynford.

Oldinroq Runi aybini tan olgandi. Endi futbolchi 2 yil mashina hayday olmaydi va 100 soat jamoat ishlarida qatnashadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk