"Everton" "Roma"dan Olsenni xarid qilmoqchi

Alisher
1 yanv 2020
"Everton" "Roma" bilan darvozabon Robin Olsenni xarid qilish borasida muzokaralar olib bormoqchi.

"Ko'klar" vakillari yaqin vaqtlarda transferni muhokama qilishmoqchi va 30 yoshli shvedning masalasini ikki haftada hal qilishmoqchi.

"Everton" Olsenni "Roma"dan 2020/21 yilgi mavsum so'nggiga qadar ijaraga olgandi. Robin bu vaqt davomida jamoasi safida APL doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli posbon faoliyati davomida shuningdek "Limxamn-Bunkeflo", "Bunkeflo FF", "Klagsxamn", "Malmyo", PAOK, "Kopengangen" va "Kalyari" jamoalarida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: tuttomercatoweb.com