“Everton” “Roma” futbolchisiga ko'z tikdi

Pellegrini APLga ko'chib o'tishi mumkin.

“Roma”ning 23 yoshli futbolchisi Lorenco Pellegrini “Everton” nazariga tushdi. Italiyalik futbolchini Mersisayd klubida ko'rishni shaxsan Karlo Anchelottining o'zi istamoqda. Pellegrinining xizmatlariga “Tottenxem”dan ham qiziqish bor.

Joriy mavsum futbolchi A Ceriya doirasida 18 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: The Sun