"Everton" o'yinchisi Allan: "Italiyani Angliyadan farqi, u yerda juda ko'p taktikalar ishlatiladi"

Alisher
11 noya 2020, 15:40
"Everton" yarim himoyachisi Allan nega "Napoli"dan ketishga qaror qilganini aytdi.

"Shunday bo'ldi. Mening "Napoli"dagi davrim tugadi, atmosferani o'zgartirish, yangi madaniyat bilan tanishish va yangi klub uchun vaqt kelgandi. Men "Everton"ning katta ishlarga qodirligiga ishonaman.

Angliya futbol Italiyanikidan farq qiladi. Italiyada juda ko'p taktikalar ishlatiladi, kichik klublar top-klublarni juda ham hurmat qilishadi", - deydi Allan.

29 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsum "Everton" tarkibida 8ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: globoesporte