"Everton" "Manchester Siti" futbolchisini ijaraga olmoqchi

Sherzod Nurmatov
14 okt 2025, 13:59
"Everton" rahbariyati "Manchester Siti" bilan angliyalik yarim himoyachi Kelvin Fillipsni qishki transferlar vaqtida ijaraga olish borasida kelishuvga erishmoqchi.

"Football Insider" xabariga ko'ra, mersisaydliklar joriy mavsum "shaharliklar"da umuman o'ynamagan 29 yoshli angliyalik futbolchini ijaraga olmoqchi. Yarim himoyachi Xosep Gvardiolaning rejalariga kiritilmagan. 

Qayd etish joiz, Fillips so'nggi mavsumlarda ijara asosida "Ipsvich" va "Vest Xem" jamoalarida o'ynagan. Mutaxassislar hozirda uning transfer qiymatini 12 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Fillips o'tgan mavsum "Ipsvich" safida Angliya chempionatida 19 o'yin o'tkazib, 4 ta sariq va 1 ta qizil kartochka olgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider