“Everton” hujumchisiga APLning birdaniga 3 klubi da'vogarlik qilmoqda
9 yanv 2018, 08:14
Jamoa hujumchisi Baye Umar Niass qishki transfer oynasi vaqtida jamoasini almashtirishi kutilmoqda.
The Guardian nashriga ko'ra, Niassga APLning 3 klubi - “Vest Bromvich”, “Kristal Pelas”, “Brayton” da'vogarlik qilmoqda. Uchala klub ham Niass uchun 13 million funt sarflashga tayyor.
“Everton” ham shu summaga hujumchini sotish niyatida.