"Everton" "Chelsi" futbolchisini sotib olishi mumkin

Alisher
21 iyun 2019, 12:39
"Chelsi" himoyachisi Kurt Zuma "Everton" bilan to'liq formatda shartnoma imzolashi mumkin.

24 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumni aynan mersisaydliklar tarkibida ijarada o'tkazdi.

Fransiyalik futbolchini xarid qilishni klub bosh murabbiyi Marko Silva xohlamoqda.

Zuma "Sent-Eten" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va faoliyatini aynan shu klubda boshlagan. 2014 yilda "Chelsi" himoyachini sotib olgan. "Aristokratlar" futbolchini turli yillarda "Sent-Eten", "Stok Siti" va "Everton" klublariga ijaraga bergan.

Futbolchi 2015 yildan boshlab Fransiya terma jamoasi o'yinchisi sanaladi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph