"Everton" Benites bilan muzokaralarni boshladi

Alisher
16 iyun 2021
Rafael Benites "Everton" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Angliya klubi ehtimoliy hamkorlik bo'yicha ispaniyalik mutaxassis bilan muzokaralarni boshladi, sababi "ko'klar" Nunu Eshpiritu Santu bilan kelisha olmadi.

Benites 2019 yildan buyon Xitoy Superligasining "Dalyan Pro" klubida ishladi, ammo 2021 yilning yanvarida klub bilan shartnomasini bekor qildi.

Eslatib o'tamiz, "Everton"ni 2020/21 yilgi mavsumda Karlo Anchelotti boshqardi. Uning qo'l ostida jamoa APLda 10-o'rinni egalladi.


AlisherMuallif
Manba: The Times