"Everton" Anvar El-Gazini "Aston Villa"dan ijaraga oldi

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2022, 23:07
Vinger mavsum oxiriga qadar ijarada to'p suradi.

"Everton" klubi "Aston Villa" o'yinchisi Anvar El-Gazini rasman ijaraga olganini ma'lum qildi. Kelishuvda futbolchining transfer huquqini to'liq sotib olish borasidagi band ham bor. 

26 yoshli o'yinchi 2019 yildan beri "Aston Villa" sharafini himoya qilib kelar edi. Bundan avval, El-Gazi "Ayaks" va "Lil" klublarida to'p surgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: https://www.evertonfc.com/