Evans avtogol urish borasida 4-o'ringa "chiqib oldi"

Mirjalol Normatov
23 noya 2020
"Lester" markaziy himoyachisi Jonni Evans APL doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yinda o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi.

32 yoshli futbolchi APLdagi oltinchi avtogolini urdi. "OPTA" xabariga ko'ra, bu natija ushbu turnirdagi to'rtinchisi hisoblanadi.

Bunga qadar Martin Shkrtel (7), Jeymi Karrager (7) va Richard Dann (10) kabi futbolchilar Evansdan ko'proq avtogol urgan.

"Lester"ga qadar angliyalik himoyachi  "Manchester Yunayted", "Antverpen", "Sanderlend" va "Vest Bromvich" kabi jamoalarda harakat qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA