Etti futbolchi APLda oy o'yinchisi nomiga da'vogar

Aziz Tukhtamuradov
5 may 2017, 16:50
Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun etti da'vogar nomini e'lon qildi.

Da'vogarlar ro'yxati bilan tanishing: Serxio Aguero (Manchester Siti), Erik Bayi (Manchester Yunayted), Kristian Benteke (Kristal Pelas), Kristian Eriksen, Son Xyn Min, Yan Vertongen (hammasi – Tottenxem), Eden Azar (Chelsi).

Aguero aprelda APLning 6 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi. Erik Bayi esa 7 ta uchrashuvdan 6 tasida to'liq o'ynadi.

Eden Azar "Chelsi" safida 6 ta uchrashuvda 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi. "Kristal Pelas" hujumchisi Kristian Benteke 7 ta uchrashuvda 5 ta gol urib, 1 ta golli pas berdi.

Son Xyon Min "Tottenxem"ning 6 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi, Kristian Eriksen 2 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi, Yan Vertongen esa 6 ta uchrashuvni to'liq o'tkazdi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia