Eto'O Mourinyo va Gvardiolaning YCHLdagi ishtirokini esladi

Eldor Akmurzayev
21 may 2019
Kamerunlik hujumchi Samuel Eto'O portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo hamda Manchester Siti ustozi Pep Gvardiolaning YCHLdagi ishtiroki haqida gapirdi.

“Men Gvardiola va Mourinyoni solishtira olmayman. Birinchisi Bavariya bilan YCHLni yuta olmagan. Ikkinchisi esa Portu bilan bu ishni uddalagan”, – deya qayd etgan Eto'O.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyo 2003/04 yilgi mavsumda Portu bilan YCHLda g'olib bo'lgandi. Gvardiola esa myunxenliklar bilan ketma-ket uch mavsum ispan grandlariga ("Real" - 2013/14, "Barselona" - 2014/15, "Atletiko" - 2015/16) mag'lub bo'lib, yarim finaldayoq YCHLdagi ishtirokini yakunlagandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Nigerian Info